# O'zbekcha matnlarni tasdqilash qoidalari

**URL:** <https://discourse.mozilla.org/t/ozbekcha-matnlarni-tasdqilash-qoidalari/89641>\
**Category:** O’zbek (uz)\
**Created:** [November 30, 2021, 1:26pm UTC](https://discourse.mozilla.org/t/ozbekcha-matnlarni-tasdqilash-qoidalari/89641 "2021-11-30T13:26:19Z")\
**Posts on this page:** 1\
**Page:** 1

<div class="post-metadata">

**Author:** ![Abbosjon\_Kudratov](https://sea1.discourse-cdn.com/flex001/user_avatar/discourse.mozilla.org/abbosjon_kudratov/32/52768_2.png) [@Abbosjon\_Kudratov](https://discourse.mozilla.org/u/Abbosjon_Kudratov)\
**Post date:** [November 30, 2021, 1:26pm UTC](https://discourse.mozilla.org/t/ozbekcha-matnlarni-tasdqilash-qoidalari/89641/1 "2021-11-30T13:26:19Z")

</div>

Hayrli kun!  
Mant/jumlalar to’g’ri deb qabul qilinish mezonlari bilan iltimos tanishib chiqinglar.

**Matn quyidagi mezonlarga javob berishiga ishonch hosil qiling:**

- Grammatik to’g’ri yozilishi kerak, imlo xatolarisiz. (Gap grammatika jihatidan to’g’ri, lekin oxirida faqat nuqta yo’q bo’lsa - buni to’g’ri jumla deb olinadi)

- Mantiqiy bo’lishi, grammatik jihatdan to’g’ri va mustaqil jumla bo’lishi kerak.

- Jumlani odam qiynalmasdan gapira oladigan bo’lishi kerak.

- Agar matnda fe’l bo’lmasa, bu muammo emas. Rasmga sarlavha sifatida ishlatilishi mumkin bo’lgan har qanday iborani to’g’ri jumla deb atash mumkin.

- Jumla kichkina harf bilan boshlangan bo’lsa, bu katta ehtimol bilan xato jumla, chunki u mustaqil jumla emas va boshqa jumla tarkibida degan ehtimol bor.

- Maxsus belgilar ishlatilishi mumkin emas (•,@,\*,#,/,|,^,~ va boshqa)

- Matnda emoji ishlatish mumkin emas! (masalan 👉✅🙂)

- Qisqartmalar ishlatilgan bo’lishi mumkin emas (masalan AQSH)

- Boshqa xorijiy tillardagi so’zlar ishlatilgan bo’lishi mumkin emas (masalan Facebook, Google)

- O’zbek lotin alifbosida yo’q harflar ishlatilishi mumkin emas

- O’zbek lotin alifbosida yozilmagan matnlar xato hisoblanadi (masalan Аёллар спартакиадаси ғолиблари аниқланди)

Shu tepadagi qoidalarga asoslanib, agar shunday xato jumlalarni o’qish jarayonida uchratsangiz yoki ovozli yozuvlarni tekshirish/tinglash jarayonida shunday xato jumlalarni kimdir o’qigan bo’lsa ham - “Xabar berish” tugmasini bosing va shikoyat sifatida yuboring.

**Misollar:**  
To’g’ri deb hisoblanishi kerak matnlar uchun ✅ ishlatilgan, ❌ = bunday matnlarni rad etish kerakligini bildiradi.

(✅)Avtobus bekati asfalt bo’yida edi.

(✅) Avtobus bekati asfalt bo’yida edi  
[oxirida nuqta yo’qligi xato hisoblanmaydi]

(✅ )Avtobus Bekati asfalt bo’yida edi.  
[Noan’anaviy katta harflar ishlatilishini qabul qiling - bu ba’zi kontekstlarda aynan shunday ko’zda tutilgan bo’lishi mumkin]

(❌) Aftobuz bekati aspalt bo’yida edi.  
[Imlo xatosi - avtobus, asfalt]

(❌) "Avtobus bekati asfalt bo’yida edi.  
[Punktuatsiya xatosi]

(❌) Avtobus bekati asfalt.  
[Mustaqil jumla emas va grammatik to’g’ri emas, manoga ham ega emas]

(❌) Avtobus bekati asfalt boyida edi.  
[“Bo’yida” so’zida imlo xato]

(❌) bunday fikr tarixiy xatolik.  
[Mustaqil jumla emas va grammatik to’g’ri emas. Kichkina harf bilan boshlangani uchun, boshqa jumla tarkibida degan ehtimol bor.]

(❌) havola 👇, 🎄 Dam olish kunlari pul o’tkazmalari ishlamayotganidan xafa bo’ldingizmi? 😔  
[Matnda emoji ishlatish mumkin emas!]

(❌) • Mehribon bo‘l.  
[Maxsus belgilar(•,@,\*,#,/,|,^,~ va boshqa) ishlatish mumkin emas.]

(❌) …Istaymanki, ertagini tugatsin baxshi  
[Uch nuqta bilan boshlash mumkin emas]

(❌) “Oʻlim, — deydi, —  
[Tugallanmagan jumla]

(❌) Andijonlik yigit Oslo universitetida oftalmologiya yo‘nalishida PhD dissertatsiyasini himoya qildi  
[Qisqartmalar mumkin emas (PhD)]

(❌) Аёллар спартакиадаси ғолиблари аниқланди  
[O’zbek lotin alifbosida emas jumla xato hisoblanadi]

(❌) Mauris Chevalier  
[boshqa tildagi ismlar, so’zlar]

(❌) Uşbu  
[o’zbek lotin alifbosida yo’q harflar]

(❌) V Buxare deputatы obsudili zakonoproyekt  
[ruscha matnni o’zbekchada yozilishi]

(❌) Xorazm viloyatining turizm salohiyati Rossiyaning “Первый” telekanali orqali namoyish etiladi  
[boshqa tildagi so’zlar, ruscha so’zlar ishlatilgan]

(❌)Azoblarga  
[mustaqil jumla emas va manoga ega emas]

(❌) Avrangzeb  
[to’liq emas jumlar, o’zbek tilida mavjud emas so’z]

(❌) Avstraliya va Facebook mojarosi.  
[boshqa tildagi so’zlar ishlatilgan]

> **[Common Voice - Matnlarni tasdiqlash mezonlari](https://telegra.ph/Common-Voice---Matnlarni-tasdiqlash-mezonlari-11-23)**
>
> Manbalar:
> https://discourse.mozilla.org/t/discussion-of-new-guidelines-for-uploaded-sentence-validation/37718
> https://discourse.mozilla.org/t/discussion-of-new-guidelines-for-recording-validation/36465
> https://discourse.mozilla.org/t/validating-meani...
